Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Ishonch” mahallasida ishbilarmon ayollar safi ko‘paymoqda
  • Yangiliklar
  • 14:20 24.07.2025
  • 79
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanining “Ishonch” mahallasida faol va tashabbuskor yoshlar mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Ular orasida NamDUning 3-bosqich talabasi, ixtirochi Rohila Abdurahmanova alohida e’tirofga loyiq. U tuman hokimiga suvdan tabiiy gaz ishlab chiqarish bo‘yicha innovasion loyihasini taqdim etib, mutaxassislar va mahalliy rahbariyat e’tiborini qozondi.

Shuningdek, mahallaning yana bir faol vakili — tadbirkor Xanifa Dadaxanova ko‘rpa-to‘shak tayyorlash bilan shug‘ullanib, oyiga 3–4 million so‘m daromad topmoqda. U bu hunarni mahalladagi 20 nafardan ortiq ayollarga ham o‘rgatib, ularning bandligini ta’minlashga hissa qo‘shmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, mahalla ayollari uddaburonligi va mahorati bilan namuna ko‘rsatishmoqda.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati