Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumani hokimi bugun “Ishonch” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi
  • Yangiliklar
  • 12:15 24.07.2025
  • 96
  • Sayyor qabul

Yangi Namangan tumani hokimi “Ishonch” mahallasi idorasida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabulda 8 nafar fuqaro ishtirok etib, ular tomonidan turli ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolar ko‘tarildi.

Murojaatlar moddiy yordam, bandlik, oliygohda o‘qish uchun shartnoma pulini qoplab berish, suv va elektr ta’minotini yaxshilash, yo‘l sozlash hamda uy-joy masalalari bilan bog‘liq bo‘ldi.

Qabul davomida tuman hokimi har bir murojaatni e’tibor bilan tinglab, masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga zaruriy topshiriqlar berdi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati