Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanidagi 57-maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda
  • Yangiliklar
  • 19:20 23.07.2025
  • 118
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanidagi 57-sonli umumta’lim maktabida 2025–2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari reja asosida amalga oshirilmoqda.

Ta’lim muassasasining isitish tizimi Davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida zamonaviylashtirilmoqda.
Hozirda issiqlik tizimini to‘liq ta’mirlash va samaradorligini oshirish ishlari davom etmoqda. Mazkur chora-tadbirlar o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini ta’minlashga qaratilgan.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati