18:20 23.07.2025Yangi Namangan tumanidagi Gimnastika sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabiga qarashli “Pahlavon” sport majmuasida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ta’mirlash doirasida sport zalidagi issiqlik tizimi va pol qismi yangilanib, zamonaviy isitish tarmog‘i o‘rnatiladi. Shuningdek, o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida yuvinish, kiyinish va yechinish xonalari, xojatxonalar ta’mirlanadi. Bu ishlar uchun jami 1 mlrd 228 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil boshida sport maktabi hududidagi suzish havzasi davlat-xususiy sheriklik asosida to‘liq kapital ta’mirdan chiqarilgan edi. Loyiha doirasida infratuzilma tubdan yangilanib, ochiq havza, ma’muriy bino, o‘quv va kiyinish xonalari soz holatga keltirilgandi.
Mazkur ishlar sportchilar uchun yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati