15:35 23.07.2025Yangi Namangan tumanida joylashgan 16-sonli oilaviy poliklinikada tibbiyot sohasini raqamlashtirish, xizmat ko‘rsatish tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Ayni paytda mazkur tibbiyot muassasasi “Kelajak tongi”, “Sherbuloq”, “Sohil”, “Ishonch” va “Istiqbol” mahallalarida yashovchi 40 mingdan ortiq aholiga birlamchi tibbiy sanitariya xizmati ko‘rsatmoqda.
Tuman hokimi poliklinikada bo‘lib, joriy qilingan raqamli yechimlar va yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdi. Xususan, elektron navbat tizimi va onlayn qabul platformasi fuqarolarga uydan chiqmasdan turib shifokorlar qabul vaqtiga yozilish, tashrif vaqti va mutaxassisni belgilash imkonini yaratadi. Bu esa navbatlar qisqarishi, bemorlarning vaqt va harajatlariga tejamkorlik kiritilishiga xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, raqamlashtirish doirasida har bir bemorning elektron tibbiy kartochkasi shakllantirilib, shifokorlar bemor haqidagi barcha ma’lumotlarga tezkor kirish imkoniga ega bo‘ladilar.
Poliklinikada raqamlashtirish orqali tibbiy xizmat sifatini oshirish, shaffoflikni ta’minlash va bemorlar ehtiyojlarini markazga qo‘ygan yangi yondashuv amaliyotga joriy qilinmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati