Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumani hokimining sayyor qabuli “Istiqbol” mahallasida o‘tkazildi
  • Yangiliklar
  • 13:40 23.07.2025
  • 100
  • Sayyor qabul

Bugun Yangi Namangan tumani hokimi tomonidan “Istiqbol” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi. Unda mahallaning 7 nafar fuqarosi ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan turli ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolarni bildirishdi.

Murojaatlar asosan gaz va elektr ta’minotini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, bandlik, subsidiya ajratish, moddiy yordam hamda uy-joy masalalariga oid bo‘ldi.

Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilot va mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati