17:05 22.07.2025Ayni paytda Yangi Namangan tumanida test sinovlari belgilangan tartib va jadval asosida tashkil etilmoqda. Avvalroq o‘rganilgan tashkilotchilik va xavfsizlik choralari samarasida imtihonlar shaffof va adolatli muhitda o‘tmoqda.
Sinov jarayonlari maxsus videokuzatuv tizimlari orqali nazorat qilinmoqda. Abituriyentlar uchun barcha qulayliklar, jumladan, tibbiy yordam va favqulodda holatlarga tayyorlik ham ta’minlangan.
Joylarda mas’ullar doimiy nazoratni amalga oshirmoqda, tashkilotchilik bilan bog‘liq masalalar o‘z vaqtida hal etib borilmoqda. Bu esa imtihonlarni yanada sifatli va xalqaro mezonlarga mos tarzda o‘tkazishga zamin yaratmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati