Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish masalalari muhokama qilindi
  • Yangiliklar
  • 16:15 22.07.2025
  • 76
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, ularni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim va maxalla muassasalari vakillari, probatsiya nazoratida turgan fuqarolar hamda faol yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv chog‘ida probatsiya xizmati hisobida turgan shaxslar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Shu bilan birga, sodir etilgan ayrim huquqbuzarliklar tahlil qilindi, ularning sabab va oqibatlari yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Tuman hokimi tomonidan jinoyat sodir etgan yoshlarni jamiyatga moslashtirish, ish bilan ta’minlash va ta’limga jalb qilish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi. Bunday profilaktik tadbirlar yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning kamayishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati