15:25 22.07.2025Yangi Namangan tumanida joylashgan Abu Rayxon Beruniy mahallasidagi markazlashgan Beruniy qozonxonasida mukammal ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
2025 yilda to‘liq yangilanishi rejalashtirilgan mazkur inshoot hozirda 5 ta ko‘p qavatli uyga issiqlik yetkazib bermoqda. Ta’mirdan so‘ng esa 17 ta ko‘p qavatli uy va 5 ta ijtimoiy soha ob’yekti barqaror issiqlik tizimi bilan qamrab olinadi. Mazkur ishlar uchun 17,8 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan.
Loyiha doirasida qozonxona uskunalari, issiqlik tarmoqlari hamda ko‘p qavatli uylarning ichki kommunikatsiyalari yangilanadi. Bundan tashqari, energiya samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalar joriy etiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati