Sayt test rejimida ishlamoqda!
Tadbirkor murojaati joyida ko‘rib chiqildi, yechim choralari ko‘rildi
  • Yangiliklar
  • 13:55 22.07.2025
  • 84
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanidagi Abu Rayxon Beruniy mahalasida faoliyat yuritayotgan “Ega Mebel” brendi 2019 yilda tadbirkor Aziz Egamberdiyev tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda mahalliy bozorda o‘z o‘rniga ega ishlab chiqaruvchi korxona sifatida tanilgan.

Brend ostida uy-joy va ofislar uchun zamonaviy va estetik jihatdan mukammal mebellar tayyorlanmoqda. “Ega Mebel” oyiga 150 tadan ortiq mebel to‘plamlarini ishlab chiqarib, ularni ichki bozorga yetkazib bermoqda. Mahsulotlar esa dizayni, sifati va mustahkamligi bilan ajralib turadi.

Bugungi kunda “Ega Mebel” nafaqat mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, balki aholi bandligini ta’minlash, import o‘rnini bosish va milliy brend sifatida shakllanish borasida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. 20 nafar ishchi bilan doimiy faoliyat yurituvchi korxona o‘z mahsulotlari orqali “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomiga munosib hissa qo‘shyapti.

Tadbirkor tomonidan soliq va tashqi reklama joylashtirishga oid muammolar ko‘tarilib, ular mas’ullar tomonidan tinglandi va yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati