Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumani hokimining bugungi qabuli Abu Rayxon Beruniy nomli mahallada bo‘ldi
  • Yangiliklar
  • 12:55 22.07.2025
  • 92
  • Sayyor qabul

Bugun erta tongdan Yangi Namangan tumani hokimi mazkur mahalla aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi. Qabulda 8 nafar fuqaro ishtirok etib, ular tomonidan turli ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolar ko‘tarildi.

Murojaatlar asosan suv va elektr ta’minotini yaxshilash, yo‘l sozlash, kredit, bandlik, chiqindilarni vaqtida bartaraf etish, haydovchilik guvohnomasi olishga ko‘maklashish hamda uy-joy masalalari bilan bog‘liq bo‘ldi.

Qabul davomida tuman hokimi har bir murojaatni e’tibor bilan tinglab, masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot va rahbarlarga aniq topshiriqlar berdi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati