18:15 21.07.2025Yangi Namangan tumanida joylashgan 6-oilaviy poliklinikada “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Buning uchun 1,4 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘ doirasida tibbiyot muassasasining binosi tubdan ta’mirlanadi, muhandislik tarmoqlari yangilanadi, ichki xonalar zamonaviy talablarga mos holga keltiriladi. Shu bilan birga, bemorlar uchun qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari yaratiladi.
Bunyodkorlik ishlarini “Koroskon qurilish” MCHJ amalga oshirmoqda. Rejaga ko‘ra, barcha ta’mirlash ishlari 2025 yilning 3-choragida yakunlanishi kutilmoqda.
Loyiha tuman aholisiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifati oshishiga xizmat qiladi. Shu orqali joylardagi tibbiyot muassasalarini rivojlantirish, aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati