17:00 21.07.2025Yangi Namangan tumanida 2024 yilda foydalanishga topshirilgan “Bo‘ston suv uzatish inshooti” aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sig‘imi 4000 ming kub metr bo‘lgan mazkur inshoot orqali “Mingterak”, “Axsikent” va “Mustaqillikning besh yilligi” mahallalarida yashovchi aholining suvga bo‘lgan ehtiyoji qondirilmoqda.
Loyiha doirasida 128 metrlik D-500 mm lik suv tarmog‘i yangilanib, 2858 ta xonadon (17 020 nafar aholi)ning suv ta’minoti yaxshilandi. Shuningdek, ilk bor 905 xonadon (4050 nafar aholi) markazlashgan ichimlik suviga ulandi.
Inshootda o‘rnatilgan 10 kVt quvvatga ega quyosh panellari oyiga 7 ming kVt elektr energiyasi tejab, ekologik barqarorlikka hissa qo‘shmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati