Sayt test rejimida ishlamoqda!
“A’zam Tekstil” tikuv syexi — 110 ta yangi ish o‘rni va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar
  • Yangiliklar
  • 14:40 21.07.2025
  • 97
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumani “Mehnatobod” mahallasida tadbirkor Muhammad To‘ychiboyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “A’zam Tekstil” MCHJ tikuv syexi faoliyat yuritmoqda. Loyiha doirasida 110 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 45 nafar mahalliy aholi doimiy ish bilan ta’minlangan.

Korxonada 30 turdagi zamonaviy tikuv mahsulotlari ishlab chiqarilib, ular Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qilinmoqda. Mahsulotlarning tashqi bozordagi talabga muvofiqligi va sifatli tayyorlanishi, korxonaning eksportbop salohiyatini oshirmoqda.

Tuman hokimi korxona faoliyati bilan tanishib, tadbirkor bilan muloqot qildi. Mazkur dargoh aholi bandligini ta’minlash va tuman iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati