16:15 19.07.2025Yangi Namangan tumanining “Kelajak tongi” mahallasida tadbirkor Jahongir Qosimov rahbarligidagi “Jahongir mirzo shsh” xususiy korxonasi tomonidan import o‘rnini bosuvchi mini traktorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
2003 yilda tashkil etilgan mazkur korxona avval meva-sabzavot quritish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, 2016 yildan buyon mini traktorlar tayyorlashni boshlagan. Hozirda korxonada 15 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Yiliga 40 dona mini traktor ishlab chiqarilib, ichki bozorga yetkazib berilmoqda. Yaqin kelajakda texnikalarni qo‘shni davlatlarga eksport qilish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovning tadbirkorlar bilan uchrashuvida ishlab chiqarilayotgan traktorlarga lisenziya olish masalasi ko‘tarilgan edi. Mazkur murojaat ijobiy hal etilib, mahsulotga rasmiy lisenziya olib berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati