Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yoshlar muammosi eshitildi, yechimlar belgilandi
  • Yangiliklar
  • 12:45 19.07.2025
  • 86
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumani hokimi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ijobiy maqsadlar atrofida birlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Yoshlar tomonidan imtiyozli kredit olish, til va hunar o‘rganish, oliygohda  o‘qish uchun shartnoma pulini to‘lab berish, tikuv mashinasi bilan ta’minlash, kadastr, bandlik va sog‘liqni tiklash kabi masalalarda murojaatlar bildirildi. Ayrim muammolar joyida hal etildi, qolganlari esa mas’ullarga yuklatilib, nazoratga olindi.

Shuningdek, mehnat migratsiyasida bo‘lgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi. Ularga yurtga qaytish taklif qilindi va bu yerda munosib ish o‘rinlari yaratilgani, qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari mavjudligi ta’kidlandi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolariga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati