Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanidagi 86-maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda
  • Yangiliklar
  • 11:55 19.07.2025
  • 92
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanida joylashgan 86-sonli umumta’lim maktabida keng qamrovli qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mavjud 420 o‘rinli bino yonidan qo‘shimcha 620 o‘rinli yangi o‘quv binosi barpo etilmoqda.

Loyiha doirasida maktabning kirish qismi, hovlisi, sinf xonalari va sport zali zamonaviy talablarga mos holda yangilanmoqda. Bu maqsadlar uchun 7,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Maktabning yangilanishi esa o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Tuman hokimi ob’yektda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, joriy ta’mirlash va qurilish jarayonlarini tezkor va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yukladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati