10:30 19.07.2025Bugun erta tongdan Yangi Namangan tumani hokimi “Yoshlik” mahallasi aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi. Qabulda 7 nafar fuqaro turli muammolar bilan murojaat qildi.
Fuqarolar tomonidan suv, elektr va suyultirilgan gaz ta’minoti, yo‘llarni ta’mirlash, qarzdorlikni bartaraf etish, salomatlikni tiklash hamda moddiy yordam va nafaqaga oid masalalar ko‘tarildi.
Tuman hokimi har bir murojaatni e’tibor bilan tinglab, ularni hal etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmat