17:35 18.07.2025Yangi Namangan tumanida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida yirik investisiyaviy loyiha — 200 o‘rinli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika qurilishi amalga oshirilmoqda. Loyiha “Ravnaq” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda hamda unga 3,2 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Mazkur muassasa tuman tibbiyot birlashmasiga yondosh joylashgan bo‘lib, zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘ladi va 2025 yilning 3-choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Poliklinika ishga tushgach, 100 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ob’yekt qurilishi bilan yaqindan tanishib, qurilish ishlarini tez va sifatli tashkil etish, hamda zamonaviy tibbiy standartlarga mos sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati