Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanidagi 60-maktabda kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
  • Yangiliklar
  • 17:00 18.07.2025
  • 85
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanida joylashgan 60-umumta’lim maktabida investisiya dasturi doirasida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Loyihaga asosan maktabning kirish qismi, sinf xonalari, sport zali, hovli va yozgi sport maydoni tubdan yangilanmoqda.

Hovlida piyodalar yo‘laklari va saf maydoni chiziqlari yangidan tashkil etiladi. Shuningdek, yo‘l harakati qoidalari xonasi, workout maydoni barpo qilinishi hamda 360 graduslik kuzatuv kamerasi o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Ushbu ishlar uchun 15 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. 

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ushbu ob’yektda bo‘lib, ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi va ularning sifatli hamda o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati