11:55 17.07.2025Bugun erta tongdan Yangi Namangan tumani hokimi “Atangan guzar” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabul davomida 11 nafar fuqaro turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Fuqarolar tomonidan suv va elektr ta’minotini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, transformator hamda tayanch ustunlar o‘rnatish, moddiy yordam, nafaqa, uy-joy, poliklinika qurilishi va kadastr xizmatlariga oid masalalar ko‘tarildi.
Tuman hokimi har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, muammolarni o‘rganish va yechim topish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati