17:15 16.07.2025Yangi Namangan tumanidagi “Chamanzor” mahallasida tadbirkor Muhammadbobur Azimjonov tomonidan tikuv syexi tashkil etildi. Korxona “Azuz” brendi ostida erkaklar kiyimlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
Syexda 15 nafar mahalliy aholi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, 50 ta xonadonga kasanachilik asosida ish berilib, 70 nafar fuqaro uy sharoitida mehnat qilmoqda.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar asosan ichki bozorga yetkazilmoqda. Yaqin kelajakda esa mahsulotlarni eksport qilish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati