Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanidagi 62-maktab “Tashabbusli byudjet” doirasida ta’mirlanmoqda
  • Yangiliklar
  • 15:15 16.07.2025
  • 118
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanida joylashgan 62-umumta’lim maktabida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 1,45 milliard so‘mni tashkil etib, unga muvofiq maktab binosining fasadi yangilanmoqda, eshik va romlar almashtirilmoqda, shuningdek, sinf xonalarida ichki ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar ta’lim sifati va shart-sharoitlarini yaxshilash, bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati