Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Modern Textil Servis” eksportni yo‘lga qo‘ymoqchi
  • Yangiliklar
  • 13:30 16.07.2025
  • 92
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumaninig “Atangan guzar” mahallasida ish yuritayotgan “Modern Textil Servis” xususiy korxonasi toza­lash vositalarini ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat olib bormoqda. Korxonada 15 nafar fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan.

Bu yerda hozirda ichki bozor uchun 17 turdagi tozalash vositalari tayyorlamoqda. 2024 yil yakunida 4 milliard so‘mga yaqin daromadga erishgan mazkur korxona endilikda mahsulotlarini eksport qilish rejasini amalga oshirmoqchi.

Tuman hokimi korxona faoliyati bilan tanishib, ish ko‘lamini kengaytirish borasida zaruriy tavsilar berdi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati