Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumani hokimi “Mingterak” mahallasida fuqarolarni qabul qildi
  • Yangiliklar
  • 10:00 12.07.2025
  • 92
  • Sayyor qabul

Bugun erta tongdan Yangi Namangan tumani hokimi navbatdagi sayyor qabulni “Mingterak” mahallasi idorasida o‘tkazdi. Qabulda 10 nafar fuqaro turli muammolar bilan murojaat qildi.

Fuqarolar tomonidan uy-joy, suv va elektr ta’minoti, moddiy yordam, nafaqa masalalari, subsidiya, sog‘liqni tiklash hamda kadastr xizmatlari bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

Tuman hokimi har bir murojaatni e’tibor bilan tinglab, ularni hal etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati