15:50 11.07.2025Yangi Namangan tumanidagi 69-sonli umumta’lim maktabida keng ko‘lamli qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mavjud 540 o‘rinli bino tubdan ta’mirlanmoqda, qo‘shimcha ravishda yana 540 o‘rinli yangi o‘quv binosi va yozgi sport zali qurilyapti.
Loyihaga muvofiq maktabning kirish qismi, hovlisi, sinf xonalari va sport zali zamonaviy talablar asosida yangilanmoqda. Ushbu ishlar uchun 11,8 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Tuman hokimi amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, nazorat ishlarini olib bordi hamda qurilish-ta’mirlash jarayonlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati