14:15 11.07.2025Yangi Namangan tumanida joylashgan 60-maktabda investisiya dasturi doirasida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ta’mirlash loyihasiga asosan maktabning kirish qismi, hovlisi, yozgi sport maydoni, sinf xonalari va sport zali tubdan yangilanmoqda.
Maktab hovlisida piyodalar yo‘laklari va saf maydoni chiziqlari yangidan tashkil etiladi. Yo‘l harakati qoidalari xonasi barpo qilinishi, 360 graduslik kuzatuv kamerasi o‘rnatilishi hamda workout zonasi yaratilishi rejalashtirilgan.
Ushbu ishlar uchun 15 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ta’mirlash jarayonlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish yuzasidan tuman hokimi tomonidan tegishli topshiriqlar berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati