14:00 01.07.2025Yangi Namangan tumanidagi 59-sonli umumta’lim maktabida Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘quvchi-yoshlar uchun mazmunli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Mazkur maktabda 1705 nafar o‘quvchi tahsil oladi, shundan 1556 nafari ta’lim muassasasida yo‘lga qo‘yilgan turli to‘garaklarga jalb etilgan. Ularda shaxmat-shashka, futbol, basketbol, tennis, raqs, hunarmandchilik hamda kompyuter savodxonligi kabi yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
O‘quvchilar o‘z qiziqishlariga qarab to‘garaklarga qatnashmoqda. Bu esa ularning bilim olish jarayonini yanada samarali tashkil etishga, jamoat ishlarida faol qatnashishlariga xizmat qilmoqda.
Shu munosabat bilan maktabda o‘tkazilgan namunaviy seminarda ham mazkur faoliyat yuksak baholandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati