18:00 28.06.2025Jurnalistika — jamiyatda haqiqatni yorituvchi, fikrlar maydonini shakllantiruvchi muhim sohadir. Shu kunlarda xalq xizmatida tinimsiz mehnat qilayotgan jurnalistlar, blogerlar, ijtimoiy tarmoq faollari va operatorlar kasb bayrami munosib nishonlanmoqda.
Yangi Namangan tumanidagi “Diyor” majmuasida ham Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi ishtirok etib, ijod ahlini tabrikladi va ularning mehnatini alohida e’tirof etdi.
Tuman hayotini yoritishda faol bo‘lgan bir guruh OAV vakillari, blogerlar va matbaa xodimlari hokimlik tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida konsert dasturlari namoyish etildi. Bayram barcha ishtirokchilarga chinakam shodlik va iliq taassurotlar ulashdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati