Sayt test rejimida ishlamoqda!
Besh tashabbus olimpiadasi doirasida “Gimnastirada” sport turi boʻyicha Yangi Namangan tuman bosqichi oʻtkazildi
  • Yangiliklar
  • 19:05 27.06.2025
  • 116
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanida joylashgan Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi filiali Majmua zalida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida “Gimnastirada” sport turi boʻyicha tuman bosqichi musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqada yosh gimnastikachilar oʻzlarining mahoratlarini namoyon etib, harakatlar uygʻunligi va sahnadagi ishonchli chiqishlari bilan tomoshabinlarga yuqori taassurot qoldirishdi. Musobaqa jarayonida jamoalar oʻrtasida faol raqobat kechdi.

Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanib, ularga diplomlar hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.