21:55 26.06.2025Yoshlar oyligi munosabati bilan Yangi Namangan tumani hokimligi tashabbusida Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘da “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda xalqimiz sevgan san’atkorlar hamda estrada yulduzi Qilichbek Madaliyev ishtirok etib, o‘zining kuy-qo‘shiqlari orqali yoshlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Kecha davomida milliy va zamonaviy ijrolar uyg‘unligi, musiqa va raqs tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularda vatanparvarlik va faol fuqarolik pozisiyasini mustahkamlash bilan katta ahamiyat kab etdi.
Konsert nafaqat madaniy hordiq, balki yoshlarga ijod, vatanparvarlik va birdamlik ruhini baxsh etdi. Yoshlar oyligi doirasidagi bu kabi tadbirlar yosh avlodning ma’naviy olamini boyitishga xizmat qilmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati