Sayt test rejimida ishlamoqda!
Namanganda “Eng gulzor – eng obod mahalla” tanlovi o‘tkazilmoqda
  • Yangiliklar
  • 12:20 18.06.2025
  • 102
  • Ommaviy tadbirlar

Namangan shahrida bo‘lib o‘tayotgan 64-Xalqaro “Gullar festivali” doirasida Yangi Namangan tumanida “Eng gulzor – eng obod mahalla” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tanlov mahallalarni yanada ko‘rkamlashtirish, hududlarda obodonlashtirish ishlarini rag‘batlantirish, aholi o‘rtasida estetik did va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Bugun Yangi Namangan tumanidagi nomzod mahalla – Furqat hududida tayyorgarlik holati ko‘rildi. Tanlovning ilk kuni davomida mahallalardagi gullar bilan bezatilgan hududlar, yashil maydonlar va obodonlashtirish ishlari maxsus komissiya tomonidan baholandi. 

Gʻoliblar festival doirasida taqdirlanishi rejalashtirilgan.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati