14:40 17.06.2025Yangi Namangan tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 2023-yildagi 91 tadan 119 taga yetdi. Bu haqida tumandagi 58-bog‘chada tashkillangan press turda xabar qilindi. MTTlardan 21 tasi davlat, 16 tasi xususiy, 4 tasi DXSH asosidagi va 78 tasi oilaviy bog‘cha hisoblanadi. Qamrov darajasi esa 43%dan 62,7%ga oshirilib, 9355 nafar bola MTTlarga jalb etilgan.
6 yoshli bolalar uchun 1 yillik majburiy bepul tayyorlov guruhlari 52 tadan 78 taga yetkazilib, qamrov 95,1%ga chiqdi. 2025-yilgacha bu ko‘rsatkichni 100%ga yetkazish rejalashtirilgan.
Pedagog xodimlar soni 348 nafardan 372 nafarga oshdi, ulardan 126 nafari oliy ma’lumotli. 2025-yilda 154 nafar oliy ma’lumotli pedagogga yetkazish maqsad qilingan.
Tarbiyachilar salohiyatini oshirish bo‘yicha esa o‘quv-seminarlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati