Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Ekologiyani asraymiz” shiori ostida tadbir o‘tkazildi
  • Yangiliklar
  • 15:15 17.06.2025
  • 91
  • Yoshlar siyosati

Yangi Namangan tumanidagi 58-maktabgacha ta’lim tashkilotida “Ekologiyani asraymiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda bolalar tabiatni asrash, atrof-muhitga ehtiyot bilan munosabatda bo‘lish haqida qiziqarli chiqishlar qilishdi.

Yigilishda tarbiyachilar tomonidan ekologik tarbiyaning ahamiyati, tabiatni muhofaza qilishga bo‘lgan mas’uliyat haqida tushuntirishlar berildi. Tadbir qiziqarli o‘yinlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari bilan boyitildi.

Ushbu tadbir orqali bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirishga muhim qadam qo‘yildi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati