Sayt test rejimida ishlamoqda!
64-xalqaro gullar festivalida rekord: 30 million xonaki gul savdoga chiqdi
  • Yangiliklar
  • 11:10 14.06.2025
  • 97
  • Ommaviy tadbirlar

64-xalqaro gullar festivalining 3-haftasi boshlandi. Bu yilgi gulbozorda ishtirokchilar soni va gullar ko‘lami rekord darajani tashkil etmoqda — 1,5 mingdan ortiq gulparvar 30 milliondan ortiq xonaki gulni taqdim etdi.

Sotuvchilarga ko‘ra, orxideya, geran va begoniya kabi gullar eng ko‘p xarid qilinmoqda. Narhlar 5 ming so‘mdan boshlanib, ayrim nodir gullar 1,5 million so‘mgacha baholanmoqda. Gullarga bo‘lgan talab o‘tgan yilga nisbatan ancha oshgan.

Haridorlar gullarni asosan kayfiyat va interyer uchun tanlashmoqda. Ko‘pchilik uchun bu festival — yangi gul turlari bilan tanishish va tabiat bilan yaqinlashish imkoniyati bo‘lmoqda.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati