08:20 09.06.2025Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yozgi ta’til vaqtida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmuni tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini o‘tkazish belgilandi. Mazkur tadbir doirasida Yangi Namangan tumanida joylashgan zamonaviy stol tennisi zalida stol tennisi bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida viloyat ochiq turniri o‘tkazildi.
Musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, havaskor sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi iste’dodlarni kashf etish maqsadida tashkil etildi. Turnirda viloyatning turli shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan havaskor sportchilar ishtirok etishdi.
Mazkur turnir nafaqat sportchilar, balki tomoshabinlar uchun ham unutilmas taassurotlar qoldirdi. Tashkilotchilar kelgusida bunday musobaqalarni yanada kengroq miqyosda o‘tkazishni rejalashtirmoqda.