Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumani maydoni gul shaydolari uchun suratga tushish manzillaridan biriga aylandi
  • Yangiliklar
  • 10:00 02.06.2025
  • 101
  • Ommaviy tadbirlar

Gullar festivali davom etmoqda, Zahiriddin Muhammad Bobur nomli bog‘ esa gul shaydolari bilan yanada gavjumlashib bormoqda. Biz esa mehmonlarni o‘ziga rom etayotgan yangicha ko‘rinishdagi kompozisiyalar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Yangi Namangan tumani uchun ajratilgan maydon ham turfa xil gullarga burkangan betakror uyg‘unlik bilan gul shaydolarini e’tiborini tortmoqda.

Ushbu go‘zal maydondagi ramziy ko‘prik do‘stlik, birdamlik, ahillik timsoli sifatida mehr qozonmoqda. Qolaversa, mehmonlar uchun esdalik suratga tushush manzillaridan biriga aylandi.

Bu maftunkor pavilonni bunyod etish uchun 200 mingga yaqin 15 turdagi turfa xil mavsumiy gullardan gilam to‘shalgan.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati