Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yoshlar bilan ochiq muloqot: murojaat va takliflar e’tiborda
  • Yangiliklar
  • 15:35 27.05.2025
  • 74
  • Yoshlar siyosati

Yangi Namangan tumani hokimi “Yoshlik” mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ezgu maqsadlar atrofida birlashtirish maqsad qilindi.

Yoshlar xaydovchilik guvohnomasi olish, nogironlik guruhiga o‘tkazish, til va hunar o‘rganish, tikuv mashinasi olish, bandlik va salomatlikni tiklash kabi masalalarda murojaat yo‘llashdi. Ayrim muammolar joyida hal etildi, boshqalari esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning muammolariga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati