Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli “Yangi zamin” mahallasida o‘tkazildi
  • Yangiliklar
  • 12:25 20.05.2025
  • 114
  • Sayyor qabul

Aholi muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida Yangi Namangan tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli “Yangi zamin” mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Qabulda uy-joy, sog‘liqni saqlash, kadastr, yo‘l sozlash, suv, gaz va elektr ta’minoti, bandlik kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqildi. Ko‘plab muammolar joyida hal qilindi, qolganlari esa mas’ullarga biriktirilib, nazoratga olindi. Yer masalasida murojaat qilgan fuqarolarga onlayn auksion tartiblari tushuntirildi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash va muammolarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati