Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanidan 46 nafar ziyoratchi Haj safariga jo‘nab ketdi
  • Yangiliklar
  • 08:00 19.05.2025
  • 115
  • Xabarlar

“Haj–2025” dasturi doirasida Yangi Namangan tumanidan 46 nafar fuqaro muqaddas Haj ibodatini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi.

Safar oldidan ziyoratchilarni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida ziyoratchilarga tushlik dasturxoni tashkil etildi. Yaqinlari, mahalla va jamoatchilik vakillari tomonidan samimiy tilaklar bildirildi.

Ziyoratchilar ushbu safar orqali Islom dinining besh ustunidan biri bo‘lgan farz ibodatini ado etish, yurtimiz ravnaqi va xalqaro totuvlik uchun duo qilish niyatida muqaddas zaminga yo‘l oldilar.

Ma’lumot uchun, joriy yilda Yangi Namangan tumanidan jami 70 nafar ziyoratchi Haj amallarini ado etishi ko‘zda tutilgan.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati