Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namanganda “Ibratli oila” ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi
  • Yangiliklar
  • 17:25 16.05.2025
  • 88
  • Oila va xotin-qizlar

15 may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Yangi Namangan tumanida “Ibratli oila” ko‘krak nishonini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda oilaviy bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va jamiyatda faol ishtirok etish kabi fazilatlari bilan ajralib turgan 10 nafar oila “Ibratli oila” ko‘krak nishoni hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ishtirokchilar bu kabi ezgu tashabbuslar oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi va jamiyatda sog‘lom muhitni qaror toptirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati