Sayt test rejimida ishlamoqda!
Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi
  • Yangiliklar
  • 20:20 13.05.2025
  • 95
  • Ommaviy tadbirlar

Yangi Namangan tumanidagi “Oq saroy” majmuasida Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unga tumandagi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokor va hamshiralar taklif etildi.

Tadbirda beminnat xizmati, fidokorona mehnati va insonparvarligi bilan ajralib turuvchi tibbiyot xodimlari munosib e’tirof etildi. Ularga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.

Tadbir bayramona ruh, do‘stona muhit va mehnatkashlarga bo‘lgan hurmat-e’tibor bilan yodda qoldi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati