Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida voleybol musobaqasi katta shukuh bilan o‘tkazildi
  • Yangiliklar
  • 12:55 13.05.2025
  • 92
  • Yoshlar siyosati

Yangi Namangan tumanining “Mingchinor” mahallasidaYangi Namangan tumanida voleybol musobaqasi katta shukuh bilan o‘tkazildi “Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqaning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir sportsevar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni jismoniy faollikka jalb etish hamda sport orqali ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqada 16–21 yosh hamda 22–30 yosh toifalarida erkaklar va ayollar jamoalari ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdi. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan bellashuvlar yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar “Besh tashabbus olimpiadasi”ning keyingi — hududiy bosqichiga yo‘llanma oldilar.

Mazkur musobaqa yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati