Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida mebelchilar uchun seminar tashkil etildi
  • Yangiliklar
  • 12:25 10.05.2025
  • 96
  • Investitsiya va tashqi savdo

Yangi Namangan tumanidagi “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida mebel va yog‘ochsozlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir Namangan viloyati hokimligi, “SARKOR MEBEL”, “EMAN ENGINEERING” va Mebel sanoati uyushmasi hamkorligida o‘tkazildi.

Seminarda Andijon, Farg‘ona hamda Qirg‘izistondan kelgan tadbirkorlar zamonaviy ishlab chiqarish, klaster asosidagi hamkorlik va eksport imkoniyatlari haqida fikr almashishdi.

Ta’kidlash joizki, ushbu sanoat zonasida “SARKOR MEBEL” kompaniyasi tomonidan Namanganda ilk bor mebel klasteri tashkil etilmoqda. Loyiha mahalliy va xorijiy hamkorlikni kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksportni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati