10:10 08.05.20259 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda huquq-tartibot, mudofaa va xavfsizlik idoralari vakillari Ikkinchi jahon urushi faxriylarining holidan xabar olishdi.
Dastlab Yangi Namangan tumani hududida joylashgan “Mingchinor” mahallasining faxriysi, urush yillarida fashistlar konslagerida asirlikda bo‘lgan Galina Bolochenkova xonadonida bo‘ldilar. Viloyat hokimi Prezident tabrigini o‘qib berdi, “Gʻalabaning 80 yilligi” esdalik medali hamda 25 million so‘m pul mukofoti va bayram sovg‘alarini topshirdi.
Tadbir bayramona ruhda, harbiy orkestr va keng jamoatchilik ishtirokida o‘tdi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Namangan viloyatida 2 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi hayot kechirmoqda. Ularga bayram arafasida alohida e’tibor qaratilib, ehtirom ko‘rsatilmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati