Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Mingterak” mahallasining rivoji yo‘lida muhim qadam — rais saylovi bo‘lib o‘tdi
  • Yangiliklar
  • 18:15 02.05.2025
  • 102
  • Ommaviy tadbirlar

Bugun, 2 may kuni Yangi Namangan tumanida joylashgan “Mingterak” mahallasida jamoatchilik hayotida muhim voqea — mahalla raisi saylovi o‘tkazildi. Ushbu jarayon mahalla boshqaruvini yanada demokratik asosda shakllantirish, fuqarolarning o‘z taqdiriga daxldorlik hissini mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.

Saylov jarayoni belgilangan tartib va qonunchilikka muvofiq, oshkora va tashkillashtirilgan tarzda amalga oshirildi. Fuqarolar o‘zining faol ishtiroki orqali jamoat boshqaruvida mas’ul pozisiyaga ega ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Yangi saylangan mahalla raisi — jamoa ishonchi, xalq irodasi va umumiy maqsadlarga sodiqlik timsoli sifatida o‘z faoliyatini boshlaydi. Unga yuklatilgan vazifa nafaqat rahbarlik, balki mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun mas’uliyatli xizmatdir.

Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimidagi ushbu muhim voqea “Mingterak” mahallasining kelajagini belgilashda fuqarolarning faol ishtiroki va yuksak fuqarolik ongini yana bir bor tasdiqladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati