18:00 01.05.2025Bugun Yangi Namangan tumanining “Yangi zamin” mahallasida mahalla raisi saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla ahli hududdagi dolzarb muammolarni hal etish, aholi bilan samarali ishlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqaror saqlash kabi muhim vazifalarni zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan munosib nomzodga ovoz berdilar.
Saylovda aholi tomonidan ichimlik suvi, gaz, elektr ta’minoti, qarzdorlik, ishsizlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash borasida tashabbuskorlik ko‘rsata oladigan nomzodning tanlanishi — mahallaning taraqqiyoti yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Mahalla faollari saylov natijasini ijobiy baholab, kelgusida aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladigan ishlar davom ettirilishiga ishonch bildirdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati