20:25 30.04.2025Yangi Namangan tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida muhim yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda aholi farovonligini oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda tumanda jamoat xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha bir qator amaliy vazifalar belgilab olindi. Jumladan, mahallalar, avtobus betaklari va aholi gavjum hududlarga kuzatuv hamda PTZ (panorama-tilt-zum) kameralarini o‘rnatish, bozor va yirik savdo nuqtalarini texnik qo‘riqlash, fuqarolar uchun “tashvish tugmalari” tizimini joriy etish kabi tashabbuslar muhokama etildi.
Ushbu choralar mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlash va tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati