12:25 29.04.2025Yangi Namangan tumanida aholi osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Tumanda jamoat xavfsizligini yaxshilash maqsadida bir qator muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tumanning “Ma’naviyat” mahallasida hududlarga kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda hamda xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.
Mahallada xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ushbu choralar aholi osoyishtaligini kafolatlash bilan birga, jamoatchilik bilan hamkorlikda xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati