15:15 28.04.2025Yangi Namangan tumanining “Bunyodkor” mahallasida tomorqadan samarali foydalanadigan uddaburonlar ko‘p. Mahalla faollaridan Anvar Xakimov 40 ta yashikda 85 ta asalari oilasini parvarishlab, yiliga 250 kilogrammga yaqin asal oladi.
Shuningdek, Zuhriddin Jamolxanov 60 sotixli issiqxonada pomidor va bodiring yetishtirib, yillik 20–25 ming dollar atrofida daromad topmoqda.
Tuman hokimi mahallaga tashrif buyurib, har ikki ishbilarmonning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishdi va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash lozimligini ta’kidladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati